Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga robototexnikani o‘qitish jarayonida “IDEA” metodidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari, talabalarning texnik ijodkorligi va ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. IDEA metodini amalga oshirishning to‘rt bosqichi – muammoni aniqlash (Identify), yechimni ishlab chiqish (Design), amalda sinovdan o‘tkazish (Experiment) va natijalarni tahlil qilish (Analyze) robototexnika darslarida talabalarni mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur va texnik loyihalash faoliyatiga yo‘naltirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari ushbu metod talabalarning amaliy tajribalar asosida ijodiy yechim topish qobiliyatini kuchaytirishini ko‘rsatdi.
Maqsadjon Tuxtasinov (Sat,) studied this question.