Ushbu maqolada ingliz diplomatik diskursi orqali o‘zbek tiliga kirgan yoki faollashgan diplomatik terminlar hamda ularning fonetik, grafik, morfologik va semantik moslashuvi tadqiq etiladi. Tadqiqotda “ingliz tilidan o‘tgan” tushunchasi terminning mutlaq etimologik manbasini emas, balki zamonaviy diplomatik muloqotda ingliz tili donor-kanal sifatida ishtirok etishini bildiradi. Material sifatida 2019–2025-yillarga oid rasmiy diplomatik matnlar, xalqaro hujjatlar, izohli va imlo lug‘atlari hamda maxsus terminologik manbalar asosida tuzilgan ishchi korpusdan foydalanildi. Natijalar brifing, sammit, memorandum, ratifikatsiya, sanksiya, attashe, demarsh, de-fakto, de-yure kabi birliklarning o‘zbek tili me’yorlariga turlicha darajada moslashganini ko‘rsatdi. Maqolada terminlarni standartlashtirish, variantlilikni kamaytirish va til ekologiyasini saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Olmosbek Abdurazak o‘g‘li Xidirov (Wed,) studied this question.