Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analari doirasida Inoyat ijodining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Xususan, shoir ijodida an’anaviylikning namoyon bo‘lishi Alisher Navoiy va Muhammadrizo Ogahiy adabiy merosi bilan qiyosiy tahlil asosida tadqiq etiladi. Maqolada Navoiyning “paydo” radifli g‘azaliga va Ogahiyning “sallamno” radifli g‘azaliga tatabbu’ bog‘lagani hamda Ogahiyning “orazing” radifli g‘azaliga Inoyat tomonidan taxmis yaratilgani matnshunoslik va adabiy manbashunoslik aspektlariga asoslab beriladi. Shuningdek, mazkur gʻazallar orqali Inoyat ijodida an’anaviylik va badiiy davomiylik masalalari ochib beriladi. Maqola yakunida shoirning mumtoz adabiy merosga munosabati hamda uning ijodiy o‘ziga xosligi yuzasidan xulosalar chiqarilgan.
Matqurbanova Maftuna Farhod qizi (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: