Jahon miqyosida urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi natijasida shaharlar iqtisodiy rivojlanishning asosiy markazlariga aylanib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qilmoqda va ushbu ko‘rsatkich kelajakda yanada ortishi kutilmoqda. Shaharlar iqtisodiy o‘sish, innovatsiyalar va investitsiyalar markazi bo‘lishi bilan birga, energiya iste’moli, atmosfera ifloslanishi, transport yuklamasi, chiqindilar hajmining ortishi hamda ekologik muammolarning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy shaharlarni ekologik jihatdan barqaror rivojlantirish masalasi global ahamiyat kasb etmoqda.
Zaylobiddinov Diyorbek Elyorjon o'g'li (Mon,) studied this question.