Annotatsiya Maqolada Surxon vohasining bronza davriga oid madaniy aloqalari masalasi tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda XX asr boshlaridagi tavsifiy kuzatuvlardan boshlab sovet davrida shakllangan ilmiy maktablar, mustaqillik yillarida rivojlangan milliy yondashuvlar hamda zamonaviy xalqaro interdisiplinar izlanishlar ketma-ketligi yoritiladi. Sopolli madaniyatining Baktriya–Marg‘iyona arxeologik kompleksi (BMAC), Andronovo va Hind vodiysi (Harappa) sivilizatsiyalari bilan o‘zaro aloqalari bo‘yicha ilgari surilgan asosiy konsepsiyalar qiyosiy tahlil asosida baholanadi. Manbalar sifatida arxeologik qazishmalar natijalari, stratigrafik ma’lumotlar, radiokarbon datalash, GIS fazoviy modellashtirish hamda material madaniyat topilmalari asosiy daliliy baza sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Surxon vohasining bronza davrida mintaqalararo madaniy almashinuv va iqtisodiy integratsiya jarayonlarida muhim “interfeys zona” bo‘lganini ko‘rsatadi.
Mukhlisa G'ayradjon qizi Abdug'aniyeva (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: