Mazkur maqolada maktab va maktabgacha ta’lim integratsiyasi sharoitida pedagogik-psixologik hamkorlikning mazmuni va ahamiyati yoritiladi. Ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashda o‘qituvchi, tarbiyachi va psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarining o‘rni tahlil qilinadi. Bolaning maktabga moslashuvi va barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda kompleks yondashuvning zarurligi asoslanadi. Axborot almashinuvi, monitoring, yagona metodik talablar va ota-onalar bilan hamkorlik asosiy mexanizmlar sifatida ko‘rsatiladi. Integratsiya sharoitida pedagog kadrlar kompetentligini rivojlantirish masalalari ochib beriladi. Mavzu uzluksiz ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvlarni qamrab oladi.
Madgapilova Nargiza Talipjanovna (Sun,) studied this question.