Maqolada she’riy matnlarda sifatlarning pragmatik mazmun ifodalashdagi o‘rni lingvopragmatik nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Unda sifatlarning she’riy matnda faqatgina predmet belgisini ifodalab qolmay, balki muallifning subyektiv munosabati, emotsional bahosi hamda kommunikativ maqsadini yuzaga chiqaruvchi muhim vosita ekanligi tahlil qilingan. Shuningdek, sifatlarning she’riy matnda pragmatik ma’no hosil qilishi deyksis, presuppozitsiya va nutqiy akt nazariyalari asosida amaliy misollar orqali yoritib berilgan.
Sarbarova et al. (Fri,) studied this question.