Annotatsiya. Mazkur maqolada xonadonlarda sodir etiladigan o‘g‘rilik jinoyatlarining kriminologik va kriminalistik xususiyatlari, ularni barvaqt aniqlash hamda "issiq izidan" fosh etishning samarali usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonida texnik-kriminalistik vositalardan foydalanish, jinoyatchining "ish uslubi"ni (modus operandi) aniqlash hamda o‘g‘irlangan mulklarni sotish kanallarini to‘sishga oid tezkor-qidiruv taktikasi yoritilgan. Shuningdek, raqamli dalillar bilan ishlash va "javobgarlikning muqarrarligi" prinsipini ta’minlashda xizmatlararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan. Tayanch so‘zlar: xonadon o‘g‘riligi, fosh etish, voqea joyini ko‘zdan kechirish, tezkor-qidiruv tadbirlari, moddiy izlar muhrlanishi, biling tahlili, profilaktika, modus operandi.
SHODIYOR O'G'LI USMONOV ABBOS (Sun,) studied this question.