Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikani loyihalashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonining pedagogik mohiyati tahlil qilinib, metodikani loyihalashtirishning asosiy tarkibiy komponentlari aniqlangan. Mazkur komponentlarning mazmuni, o‘zaro aloqadorligi va ta’lim jarayonidagi funksional ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab sharoitida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishda metodik yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyotda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizimlarni takomillashtirishda foydalanish imkonini beradi.
Saidova Sumbuloy Otaboyevna (Sun,) studied this question.