: Mazkur maqolada bilish jarayonlari va emotsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik va neyrofiziologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bilish jarayonlarining asosiy turlari — sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur va tasavvur — emotsional holatlar bilan qanday integratsiyalashgani yoritib beriladi. Tadqiqotda emotsiyalarning bilish faoliyatiga ta’siri, xususan, qaror qabul qilish, diqqatni boshqarish va axborotni qayta ishlash jarayonlaridagi roli ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy kognitiv-emotsional nazariyalar va affektiv neyrofan yondashuvlari tahlil qilinadi. Olingan xulosalar psixologiya, pedagogika va neyropsixologiya sohalarida amaliy ahamiyatga ega.
qizi et al. (Wed,) studied this question.