Mazkur maqolada dramatik dialogning lingvistik tabiati hamda uning struktur-semantik tasnifi yoritiladi. Dialog nutqning asosiy birliklari sifatida stimullovchi va reaktiv replikalarning o‘zaro bog‘liqligi asosida tahlil qilinib, dialogik muloqotning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlari izohlanadi. Tadqiqotda dramatik dialogning kichik va kengaygan shakllari ajratilib, ular mikrodialog va makrodialog ko‘rinishida tasniflanadi. Mikrodialog monoreplikali va polireplikali turlarga, makrodialog esa monoreplikali, polireplikali hamda supersintaktik butunlik bilan ifodalangan kengaygan replikali shakllarga bo‘linib, ularning struktur modeli, kommunikativ vazifasi va sahnaviy nutqdagi roli dramatik matnlar misolida tahlil etiladi.
Gulhida Ikromova (Sun,) studied this question.