Mazkur maqolada zamondosh obrazning nazariy mohiyati integrativ yondashuv asosida yoritiladi. Adabiyotshunoslikda ushbu obraz turining ijtimoiy, psixologik va empirik jihatlari ko‘pincha alohida talqin qilinadi. Maqolada esa ular yagona konsept doirasida birlashtiriladi. Xususan, Georg Lukacsning ijtimoiy tip nazariyasi, Sigmund Freudning psixologik yondashuvi hamda Hippolyte Tainening muhit va davrga asoslangan qarashlari metodologik asos sifatida olinadi. Ushbu nazariy model Togʻay Murod asarlari misolida amaliy jihatdan asoslanadi.
Sardor Jo‘raqulov (Wed,) studied this question.