Annotatsiya Mazkur maqolada giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi zamonaviy jamiyatning eng xavfli transmilliy jinoyatlaridan biri sifatida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida narkojinoyatchilikning ijtimoiy-huquqiy mohiyati, uning kelib chiqish omillari, kriminologik xususiyatlari hamda xalqaro va milliy darajadagi qarshi kurash mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, internet va raqamli texnologiyalar orqali narkotik vositalar savdosining kengayishi, yoshlar orasida psixotrop moddalarga qaramlikning ortishi hamda noqonuniy aylanmaning latent xususiyatlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, profilaktik mexanizmlarni takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan.
Oybek o'g'li Ismoilov Lazizbek (Sun,) studied this question.