Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil tadbirkorlikni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari,ularning iqtisodiy samaradorligi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqotdavomida yashil iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va innovatsion tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llabquvvatlashningzamonaviy instrumentlari, jumladan, yashil kreditlar, ekologik investitsiyalar, davlat subsidiyalari,xalqaro grantlar, “yashil obligatsiyalar” va xususiy investitsiyalar mexanizmlarining amaliy ahamiyati tahlilqilingan. Shuningdek, maqolada rivojlangan davlatlar tajribasi asosida yashil tadbirkorlikni moliyalashtirishninginstitutsional asoslari o‘rganilib, ularni O‘zbekiston iqtisodiyotiga moslashtirish imkoniyatlari baholangan.Tadqiqot natijasida yashil tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslardan samarali foydalanish,ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida investitsion faollikni oshirishbo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish,uglerod chiqindilarini kamaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi
Muyassar Nurmetova (Wed,) studied this question.