Ushbu tezisda zamonaviy raqamli jurnalistikada sun’iy intellekt (SI) va algoritmlarning axborot tarqatish jarayonidagi transformatsion o‘rni hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq etik muammolar tadqiq etiladi. Tadqiqot markazida axborot makonidagi “qora quti” (black box) fenomeni, ya’ni yangiliklar saralanishidagi shaffoflikning yo‘qligi va uning ijtimoiy qutblanishga ta’siri yoritilgan. Tezisda SI tomonidan yaratilayotgan gallyutsinatsiyalar, mualliflik huquqi buzilishi va dezinformatsiya xavflariga qarshi kurashishda inson nazorati ostidagi qarorlar tamoyilini joriy etish taklif qilingan. Xulosada professional jurnalistikaning kelajagi texnologik qudratni insoniy qadriyatlar va shaffof huquqiy normalar nazoratida ushlab turish bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi.
Dilbar Abirova (Fri,) studied this question.