Bank tizimida ichki nazoratni samarali tashkil etish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, xatolar va noqonuniy operatsiyalarning oldini olish hamda bank faoliyatining ishonchliligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda bank ichki nazoratining turlari, xususan dastlabki, joriy va so‘nggi nazorat shakllarining mazmuni hamda ularni amaliyotda tashkil etish mexanizmlari tahliliy va taqqoslama usullar asosida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dastlabki nazorat risklarning oldindan aniqlanishiga xizmat qilishi, joriy nazorat operatsiyalarni uzluksiz kuzatish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlashi, so‘nggi nazorat esa amalga oshirilgan faoliyat samaradorligini baholash imkonini berishi aniqlandi. Shuningdek, ichki nazorat tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bank resurslaridan oqilona foydalanish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab berildi. Tadqiqot davomida ichki nazoratning barcha bosqichlari o‘zaro uyg‘un holda faoliyat yuritgandagina bank faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi qayd etildi. Xulosa sifatida, banklarda ichki nazorat tizimini zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida rivojlantirish moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish va bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligi aniqlandi.
J. et al. (Sat,) studied this question.