Oʻzbekiston Respublikasida valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonlarining samaradorligi makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi sababli dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi. Tadqiqotda analitik va qiyosiy tahlil usullari, shuningdek, tizimli yondashuv asosida valyuta siyosati va bozor mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, valyuta bozorining liberallashuvi iqtisodiy faollikni oshirgan bo‘lsa-da, institutsional tartibga solish mexanizmlarining to‘liq moslashmaganligi ayrim nomutanosibliklarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, Markaziy bank siyosati valyuta kursi barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi, biroq tashqi iqtisodiy omillarga sezgirlik yuqori darajada saqlanib qolayotgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari valyuta siyosatini yanada moslashuvchan va bozor tamoyillariga asoslangan modelga o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, ushbu ish valyuta munosabatlarini tartibga solishning institutsional va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar beradi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Boyqobilova I. J.
Mehriddinov Umidjon
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
J. et al. (Sat,) studied this question.
www.synapsesocial.com/papers/6a0172813a9f334c28272ad7 — DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20097433