Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan matn lingvistikasi, lingvokulturologiya va lingvopoetika kesimida intertekstuallik (matnlararolik) hodisasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda intertekstuallik terminining fanga kirib kelish tarixi, M.Baxtin va J.Kristeva qarashlari hamda N.Fateevaning intertekstual elementlar tasnifi (sitata, allyuziya, reminissensiya) atroflicha yoritilgan. Maqolaning amaliy qismida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida, xususan, "Tarixi anbiyo va hukamo" asarida Qur’on oyatlari hamda hadislar asosida shakllangan intertekstual aloqalar "iqtibos" san’ati misolida ilmiy dalillangan. Muallif intertekstuallikni matnning mazmuniy qatlamlarini kengaytiruvchi, ijodkor va kitobxon o‘rtasida madaniy-ma’rifiy muloqot o‘rnatuvchi universal lisoniy hodisa sifatida talqin etadi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Dosmuxamedova Sevara Boxodir qizi
Owl Research Institute
Owl Research Institute
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Dosmuxamedova Sevara Boxodir qizi (Sun,) studied this question.
synapsesocial.com/papers/6a1fc3a6dee9eb8c0dce52df — DOI: https://doi.org/10.66345/stj.v4i3/2.5382
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: