Ushbu maqola orqali turkiy xalqlarning mushtarak adabiy meroslari hisoblangan “Kitobi Dadam Qo‘rqud” hamda “Devonu lugʻotit turk” asarlaridagi oʻxshash tomonlar, xususan, janrlar uygʻunligi tadqiq qilinadi. Mazkur maqolada Qo‘rqut otaga oid afsonalar, o‘g‘uzlar tarixi, “Kitobi Dadam Qo‘rqud” eposi hamda “Devonu lugʻotit turk”ning turkiy xalqlar tarixida tutgan o‘rni haqida yangi fikrlar o‘rtaga tashlanadi. Va baholi qudrat, ilmiy asoslanadi. Qo‘rqut ota shaxsiyati qadimgi manbalar, tarixiy solnomalar, bizgacha yetib kelgan asarlar, zamondosh tadqiqotchilar izlanishlari asosida tadqiq qilingan.
Davronbek Oripov (Fri,) studied this question.