Ushbu maqolada darsliklarda ertak namunalarini multimedia vositalari yordamida o‘qitishning roli o‘rganilgan. Tadqiqot audio, video, animatsiya va interaktiv raqamli resurslarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarning tushunish, ijodiy fikrlash va darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, faol va integrativ pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, multimedia vositalari yordamida o‘qitish nafaqat ertak mazmunini tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi, balki o‘quvchilarning tafakkur, tahlil qilish va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli multimedia texnologiyalari adabiyot darslarida samarali pedagogik strategiya hisoblanadi.
Abdusattorova Dilshodabegim (Sun,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: