Ushbu maqolada o'qituvchilarda tanqidiy fikrlash nazariyasining falsafiy, psixologik va pedagogik ildizlari tahlil etiladi. Antik davrdan hozirgi kungacha shakllangan tanqidiy fikrlash nazariyalarining asosiy yo'nalishlari — ratsionalizm, pragmatizm, konstruktivizm va kompetensiyaviy paradigma — ko'rib chiqiladi. Maqolada tanqidiy fikrlashning tarkibiy tuzilmasi, kognitiv va dispozitsion komponentlari hamda ularning o'qituvchilik faoliyatiga tatbiqi asoslanadi. Nazariy tahlillar asosida o'qituvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar aniqlanadi.
Abdullayev Javohir Ismoil o'g'li (Tue,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: