Ushbu maqolada O‘zbekistonda o‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan integratsiyalashgan himoya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirish masalalari o‘rganilgan. Jahonda qishloq xo‘jaligi hosilining 30–50 % gacha qismi zararli organizmlar ta’sirida yo‘qotilayotgani FAO ma’lumotlari asosida ta’kidlangan. Maqolada 2000-yil va 2023-yilda qabul qilingan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, 2017–2021-yillar Harakatlar strategiyasi hamda Surxondaryo viloyati misolida hududiy xususiyatlar tahlil qilingan. 1980-yillardan boshlab akademik S.N. Alimuxamedov, professor Sh.T. Xodjayev, X.X. Kimsanboyev va boshqa olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar asosida integratsiyalashgan himoya tizimining nazariy asoslari va zamonaviy biologik vositalar (Trixodermin, Sporagin, Prestij va boshqalar), dron texnologiyalari hamda innovatsion usullar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari biologik usullarga asoslangan integratsiyalashgan himoya tizimi ekologik toza mahsulot yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Khudoyshukur et al. (Wed,) studied this question.