Ushbu maqolada Pokiston siyosiy tizimida qurolli kuchlarning tutgan o‘rni va ularning demokratik institutlar bilan o‘zaro aloqalari xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon armiyaning siyosiy jarayonlarga, parlament, sud hokimiyati va ijroiya organlariga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Maqolada harbiy diktatura davrlari va gibrid demokratiya sharoitida fuqarolik-harbiy munosabatlarining transformatsiyasi, armiyaning milliy xavfsizlik va tashqi siyosatdagi dominantlik roli hamda bu holatning barqaror demokratik institutlar shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillari ochib beriladi.
Mamatqulov Sirojiddin Xusan o'g'li (Fri,) studied this question.