PulseExploreJournal ClubDebatesTrendingResearchersJournals
Instagram
HomeExploreJournal ClubTrending
Synapse
⌘+K
Synapse
June 3, 2026SCIENCE TIME0 citationsOpen Access

Ingliz Va O‘ZBEK Tillaridagi Ijtimoiy Tarmoq Yozishmalarining Pragmalingvistik Xususiyatlari

AMAmirova MaxbubaAOAbdinazarov O‘ktam

Key Points

  • This research aims to analyze communication strategies shaped by platform affordances and classical pragmatics in English and Uzbek languages.
  • Conducted discourse-pragmatic analysis of comments and personal messages on Instagram.
  • Utilized thematic coding and functional-sematic classification for analysis.
  • Examined empirical material from public posts and anonymous personal messages.
  • Pragmatic goals are frequently expressed through short texts, emojis, graphic symbols, abbreviations, and platform-specific markers in Instagram communications.
  • Addressing units and the 'you/formal/informal' opposition are more active in Uzbek messages, while modal verbs and requests are more evident in English messages.

Abstract

Ushbu maqolada Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ingliz va o‘zbek tillarida kechadigan yozishmalar (kommentariylar va shaxsiy xabarlar) pragmalingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — platforma affordanslari (mention, hashtag, reaksiya, “story” javoblari) hamda klassik pragmatika birliklari (nutq aktlari, implikatura, yuz/face-work, muloyimlik strategiyalari) kesishmasida shakllanadigan kommunikativ strategiyalarni aniqlash va ikki til kesimida qiyoslashdir. Metodologiya sifatida diskursiv-pragmatik tahlil, mavzuli kodlash va funksional-semantik tasnif qo‘llanadi; empirik material sifatida ochiq (publik) postlar ostidagi izohlar hamda rozilik asosida anonimlashtirilgan shaxsiy yozishmalar fragmentlari ko‘rib chiqiladi. Natijalar Instagram yozishmalarida pragmatik maqsadlar ko‘pincha qisqa matn, emoji, grafik belgilar, qisqartmalar va platformaga xos markerlar bilan birgalikda ifodalanishini ko‘rsatadi. O‘zbek yozishmalarida adresativ birliklar, “siz/sen” oppozitsiyasi va hurmat-odobni yumshatuvchi vositalar, ingliz yozishmalarida esa modal fe’llar, hedjlar va bevosita/bilvosita so‘rovlar orqali yuzni muhofaza qilish strategiyalari nisbatan faolroq namoyon bo‘ladi. Xulosada “platforma-pragmatika” yondashuvi taklif etilib, til o‘qitish va tarjima amaliyoti uchun metodik tavsiyalar beriladi.

Ask AI
Helpful
Bookmark
Share
View Full Paper

Cite This Study

Maxbuba et al. (2026) studied this question.

synapsesocial.com/papers/6a1fc3c1dee9eb8c0dce5339https://doi.org/10.66345/stj.v4i2.4885
Ask AI
Helpful
Bookmark
Share
View Full Paper