Ushbu maqolada zamonaviy axborot muhitining yoshlar shaxsiy identifikatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning o‘zligini anglash jarayoniga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatli va miqdoriy yondashuvlar uyg‘unligiga asoslanib, ilmiy adabiyotlar tahlili hamda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, axborot muhiti yoshlarning bilim darajasini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy yo‘nalishini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, turli madaniyatlar bilan o‘zaro aloqalar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularning shaxsiy identifikatsiyasini mustahkamlaydi. Xulosa sifatida, axborot muhitidan ongli va maqsadli foydalanish yoshlar rivojlanishida ijobiy natijalarni ta’minlashi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari ushbu yo‘nalishda kelgusida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Tursunaliyevna et al. (Mon,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: