Ushbu maqolada yoshlar shaxsiy identifikatsiyasining rivojlanishida axborot muhitining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning o‘zini anglash jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda shaxsiy identifikatsiya jarayonining psixologik asoslari, ijtimoiy taqqoslash mexanizmlari hamda virtual muhitning identitet shakllanishidagi o‘rni yoritilgan. Erik Erikson va Henri Tajfel nazariyalari asosida yoshlarning ijtimoiy guruhlarga mansublik hissi va “men” konsepsiyasining shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, Leon Festinger tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy taqqoslash nazariyasi asosida raqamli muhitning psixologik ta’siri ko‘rib chiqilgan. Natijalarda axborot muhiti bir tomondan yoshlarning ijtimoiy faolligi va o‘zini ifoda etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ikkinchi tomondan esa identitet beqarorligi, stereotiplar va psixologik bosimni kuchaytirishi aniqlangan. Maqolada yoshlarning sog‘lom identifikatsiyasini shakllantirishda mediama’rifat va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muhim omil sifatida asoslab berilgan.
Tojiboyeva Nodiraxon Tursunaliyevna (Thu,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: