Ushbu maqolada leksik omonimlarning lingvokognitiv tabiati zamonaviy antroposentrik paradigma hamda ko‘pqatlamli tarmoqlar (multilayer networks) nazariyasi asosida tadqiq etiladi. Omonimiya hodisasi shunchaki shakliy bir xillik emas, balki turkiy xalqlarga xos “baland idrok” va “tez fahmlik” kognitiv stereotiplarining in’ikosi sifatida tahlil qilingan. Maqolada omonimlarning (mental omonimlar) mental leksikondagi o‘rni freym, ssenariy kabi kognitiv modellar orqali yoritilib, ularning xotirada saqlanish va nutqiy idrok etilish mexanizmlari lingvokognitiv, psixolingvistik va neyroligvistik jihatdan asoslanadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilidagi omonimlarni sun’iy intellekt (ChatGPT) va mashina tarjimasi tizimlarida avtomatik farqlash muammolari hamda ularni bartaraf etishda kollokatsiya va teglash usullarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Abdurahmanova M.T. (Sun,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: