Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashagan oʻzbek adabiyotining yirik vakili Muqimiyning hayoti va ijodi “sinovlar chorrahasi” tushunchasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirning tarjimai holi, ijtimoiy-madaniy muhit bilan aloqasi va ijodiy merosini shakllantirgan omillar keng qamrovli yondashuv orqali o‘rganiladi. Muqimiy asarlarining qo‘lyozma manbalari va keyingi nashrlari o‘rtasidagi farqlar matn jihatidan tahlil qilinib, g‘oyaviy o‘zgarishlar natijasida ayrim mazmun qatlamlari yo‘qolganini ilmiy asosda ko‘rsatadi. Yangi manbalar asosida qayta tiklangan she’riy parchalar yuzlab baytlarni tashkil etadi, ilgari ilmiy muomalada bo‘lmagan o‘nlab asarlarning aniqlanishi esa Muqimiy merosining asl ko‘lamini kengaytiradi. Maqolada qiyosiy tahlil va statistik usullari yordamida shoir merosining tiklanish dinamikasi, ya’ni qayta kashf etilgan g‘azal, bayt va boshqa janrlar ulushi umumlashtiriladi. Tadqiqot natijalari Muqimiy ijodi shunchaki badiiy-estetik hodisa emas, balki o‘z davrining ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarini aks ettiruvchi tarixiy muhim manba ekanini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, shoir hayotidagi sinovlar - moddiy qiyinchiliklar, kasallik, ijtimoiy beqarorlik va mafkuraviy bosimlar - uning poetik dunyoqarashi va obrazlar tizimiga bevosita ta’sir qilgani aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Muqimiy shaxsini yangicha anglash va uning o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni va ahamiyatini qayta baholash zarurligini asoslaydi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Xolboyova Madina Javlonovna
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Xolboyova Madina Javlonovna (Thu,) studied this question.
synapsesocial.com/papers/69fecfcdb9154b0b82876ce2 — DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20066112