Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishning strategik tizimini takomillashtirish jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan foydalanishning didaktik salohiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida virtual reallik asosidagi ta’lim muhitining til o‘rganishda sun’iy, ammo realga yaqin kommunikativ vaziyatlarni yaratish, o‘quvchilarning bilish faolligini kuchaytirish hamda mustaqil va reflektiv o‘rganish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, virtual reallik texnologiyalarining ingliz tilini o‘qitish strategik tizimining asosiy tarkibiy qismlari bilan pedagogik jihatdan integratsiyalashuvi tahlil qilingan.
Alimova Maftuna Ravshanbek qizi (Mon,) studied this question.