Ushbu maqolada ekzistensializm falsafasi va detektiv janrning o‘zaro ta’siri tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. XX asr inqiroz muhitida – ikki jahon urushi orasidagi va undan keyingi davrda – shakllangan bu ikki sohaning qanday qilib bir-birini boyitgani va o‘zgartirganı ko‘rsatiladi. Seren Kyerkegor, Martin Xaydegger, Jan-Pol Sartr va Albert Kamyu g’oyalarining detektiv romaniga ta’sir mexanizmlari izchil o‘rganiladi. Klassik detektivdan ekzistensial detektiv janrgacha bo‘lgan rivojlanish yo‘li tahlil qilinib, jinoyatchi va tergovchi obrazlarining falsafiy chuqurlashishi ko‘rsatiladi.
Xodjayeva Shaxnoza Baxtiyerovna (Sun,) studied this question.