Mazkur tadqiqot antroponimlarda islomiy va dunyoviy qarashlarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlashga bag‘ishlanadi. Unda shaxs ismlari orqali jamiyatning diniy e’tiqodlari, axloqiy-me’yoriy qarashlari hamda dunyoviy tafakkuriga xos g‘oyalar qanday ifodalanishi tahlil qilinadi. Islomiy antroponimlarning shakllanishida Qur’oniy manbalar, payg‘ambarlar va sahobalar nomlari, ilohiy sifatlar hamda diniy qadriyatlarning o‘rni yoritiladi. Dunyoviy antroponimlarda esa tarixiy shaxslar, milliy qahramonlar, tabiat hodisalari, estetik ideallar va ijtimoiy-madaniy omillar aks etishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda antroponimlar orqali jamiyat tafakkuridagi diniy va dunyoviy qarashlarning o‘zaro uyg‘unligi, tarixiy taraqqiyot jarayonida ularning transformatsiyasi hamda madaniy identitetni shakllantirishdagi roli ilmiy jihatdan asoslanadi.
Ahmadaliyeva Mashura Abdufattoh qizi (Sun,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: