Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Sab’ayi sayyor” dostonida malikalar obrazi va ularni tasvirlashda yozuvchining badiiy so‘z qo‘llash mahorati tahlil qilinadi. Qasr makonida mujassam bo‘lgan ranglar tizimi, ularning hafta kunlari va homiy sayyoralar bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, har bir iqlimdan kelgan musofirlar tasviri orqali dostonning g‘oyaviy-badiiy mazmuni yoritiladi. Tadqiqot baytlar poetik tahlili asosida olib borilib, asardagi ramziy va estetik qatlamlar aniqlanadi.
Jo‘rayeva Dilovarxon Valijon qizi (Fri,) studied this question.