Mazkur maqolada sharq adabiy tafakkurining ikki yirik namoyandasi - Shukur Xolmirzayev va Rabindranath Tagore ijodida adabiy ta’sir hamda milliy individuallik masalalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Tagorning “Meros” hamda Xolmirzayevning “Kimsasiz hovli” hikoyalari asos qilib olinib, ularda aks etgan insoniy qadriyatlar, yolg‘izlik, meros tushunchasi va ma’naviy mas’uliyat muammolari o‘rganiladi. Tahlil jarayonida ikki adib asarlarida inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabat, ruhiy kechinmalar talqini hamda badiiy ifoda vositalaridagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi. Shuningdek, milliy muhit, mentalitet va individual uslubning asar mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijasida adabiy uyg‘unlik bilan birga har bir ijodkorning o‘ziga xos badiiy dunyoqarashi mavjudligi asoslab beriladi.
Yangibayeva Nodira Saparbayevna (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: