Globallashuv sharoitida oilaviy munosabatlar transformatsiyasi bola shaxsini shakllantirishda muloqot madaniyatini o‘rganishni taqozo etadi. Tadqiqotning maqsadi oilaviy muloqot modellarining bola kamolotiga ta’sirini ilmiy asoslash va ota-ona hamkorligi tamoyillarini belgilashdan iborat. Ishda qiyosiy-pedagogik tahlil va psixologik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. E. G‘oziyev, M. Zokirova va boshqa olimlarning nazariy qarashlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, muloqotning kommunikativ, perseptiv va interaktiv funksiyalari uyg‘unligi bolada sog‘lom "Men-konsepsiyasi" shakllanishida "psixologik filtr" vazifasini o‘taydi. Tadqiqot xulosalari oilada ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish va barkamol avlod tarbiyasini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Danabayeva Kamila Tanatarovna (Sun,) studied this question.