XXI asrda insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalasidir. Aholi sonining ortishi, sanoatlashtirish jarayonlarining jadallashuvi, energiya resurslariga bo‘lgan talabning o‘sishi va atrof-muhitga antropogen ta’sirning kuchayishi natijasida global ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Iqlim o‘zgarishi, havo va suvning ifloslanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi hamda tabiiy resurslarning tanqisligi dunyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanishning yangi modelini izlashga undamoqda.
Yusupov Dilmurod Farxodovich (Mon,) studied this question.