Mazkur tadqiqot zamonaviy yosh ijodkorlar asarlarida ayol obrazining o‘ziga xos badiiy-estetik va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Yoshlar ijodida ayol obrazi an’anaviy talqinlardan farqli ravishda shaxs erkinligi, ichki kechinmalar, individual ruhiy holat va ijtimoiy faollik bilan uyg‘un holda aks etadi. Tadqiqotda ayol obrazining zamonaviy tafakkur mahsuli sifatidagi yangicha qirralari, badiiy xarakter yaratishdagi o‘rni, ramziy va psixologik talqini yoritiladi. Shuningdek, yosh ijodkorlar asarlarida ayol obrazining gender yondashuv asosida ifodalanishi va uning estetik funksiyasi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Kamola Egamberdiyeva (Sun,) studied this question.