Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida yetarli darajada e’tiborga olinmayotgan “ko‘rinmas o‘quvchilar” fenomeni tahlil qilinadi. Ushbu toifaga kiruvchi o‘quvchilar jim, passiv bo‘lishi bilan ajralib turadi, biroq ularning o‘zlashtirish darajasi past bo‘ladi. Tadqiqot davomida ularni aniqlash mezonlari ishlab chiqildi, muammo sabablari o‘rganildi hamda rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model taklif etildi. Tajriba natijalari individual yondashuv va tizimli monitoring orqali o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Allaberganova Donoxon Narimon qizi (Wed,) studied this question.