Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida muhandislik kompyuter grafikasi fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Xususan, uch o‘lchamli modellashtirish vositalaridan foydalanish orqali talabalarning fazoviy tafakkuri, ijodiy faolligi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy grafik dasturlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash, metodik tizimni qayta loyihalash hamda innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan.
Xamidov Dilshod Olimjon o'g'li (Sun,) studied this question.