Ushbu maqolada yapon va o‘zbek tillarida empatiya ifodalash jarayonida ijtimoiy masofa, nutqiy daraja va rasmiylik-kamtarinlik kategoriyalarining pragmatik roli qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning markazida yapon tilidagi keigo va aidzuchi tizimining empatiya ifodalashdagi o‘rni, o‘zbek tilida esa empatiyaning ijtimoiy roli va nutqiy masofaning ta’siri yotadi. Tahlil jarayonida yapon tilidagi 相槌iboralari hamda o‘zbek tilidagi “Yuragingizga og‘ir olmasangiz edi”, “Xafa bo‘lmang”, “Sizni tushunaman” kabi birliklar qiyoslandi. Natijalar yapon tilida empatiya ko‘pincha grammatik rasmiylik orqali, o‘zbek tilida esa kontekst va munosabatlar orqali ifodalanishini ko‘rsatdi.
Sabirova Yulduzxon Abdulla qizi (Sat,) studied this question.