Mazkur maqolada ingliz tilidagi harbiy terminlarning o‘zbek tiliga tarjimasida yuzaga keladigan lingvokulturologik xususiyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda harbiy terminologiyaning semantik ko‘p ma’noliligi, kontekstga bog‘liqligi hamda milliy madaniy omillari yoritilgan. Jumladan, landing, launch, cavalry, side arm, handgun kabi terminlarning turli kontekstlarda turlicha talqin qilinishi tarjimada muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ingliz harbiy terminlarini o‘zbek tiliga adekvat tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy usullar — kalkalash, transkripsiya, qisman tarjima hamda diskreptiv (tasviriy) tarjima usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harbiy terminlarning to‘g‘ri talqin qilinishi tarjimonning lingvokulturologik bilimlari, sohaviy tayyorgarligi hamda kontekstni chuqur anglashiga bevosita bog‘liq ekanligi asoslab beriladi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Academy of Public Administration
Add This Paper to Your Research Feed
Any time a new paper drops it will be there.
Kurganov Anvarjon Muxtorovich (Sun,) studied this question.