Annotatsiya Mazkur maqolada bosqinchilik jinoyatini fosh qilishning zamonaviy kriminalistik va tezkor-qidiruv jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bosqinchilik jinoyatlarining kriminologik xususiyatlari, sodir etilish usullari, jinoyatchilar shaxsiga xos belgilar hamda jinoyatlarni tergov qilish va fosh etishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar o‘rganilgan. Shuningdek, videokuzatuv tizimlari, raqamli kriminalistika, sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari va tezkor-qidiruv tadbirlarining samaradorligi yoritilgan. Muallif tomonidan bosqinchilik jinoyatlarining oldini olish va ularni tezkor fosh etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini modernizatsiya qilish, profilaktik mexanizmlarni kuchaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan.
MUZAFFAR O'G'LI RISQINBOYEV ISFANDIYOR (Sun,) studied this question.