COVID-19 pandemiyasi global jamoat salomatligiga ulkan ta'sir koʻrsatib, molekulyar virologiya va vaksina biotexnologiyalarida misli koʻrilmagan inqilobga sabab boʻldi. Virusning oʻtkir bosqichidan tashqari, uning uzoq muddatli asoratlari — Post-COVID (Long COVID) sindromi, ayniqsa neyrologik va yurak-qon tomir tizimidagi patologiyalar bugungi kunda Oʻzbekiston va jahon tibbiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Ushbu maqolada SARS-CoV-2 ning molekulyar patogenezi, vaksina biotexnologiyalari (jumladan, Oʻzbekiston olimlari va xalqaro hamkorlikda yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi), hamda Post-COVID davridagi neyro-kardial asoratlarni mahalliy va xalqaro tadqiqotlar asosida tahlil qilish nazarda tutilgan. SARS-CoV-2 patogenezida ACE2 retseptorlari va sitokin boʻroni yetakchi rol oʻynaydi. mRNK va rekombinant oqsil vaksinalari (ZF-UZ-VAC2001) immunitet shakllantirishda yuqori samaradorlik koʻrsatdi. Post-COVID asoratlarini barvaqt aniqlash va kardioprotektiv hamda neyroprotektiv terapiya oʻtkazish bemorlar hayot sifatini tiklashning asosiy omilidir.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dilnavo Sherali qizi Murotaliyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: