Ushbu maqolada metanol, vodorod, gidroksid gazi va tabiiy gazdan tashkil topgan ko'p komponentli yoqilg'i aralashmasidan foydalanadigan yuqori bosimli purkash tizimiga ega dizel dvigatelini ishlab chiqish masalasi ko'rib chiqiladi. Taklif etilayotgan texnologiyaning asosiy xususiyati yoqilg'i komponentlarini dvigatel silindriga boshqariladigan tarzda yetkazib berish hamda yonish jarayonini yuqori bosimli purkash orqali tashkil etishdan iborat. Ikki forsunkali konstruktiv yechim yordamida turli yoqilg'i komponentlarini alohida boshqarish va dvigatelning ish rejimiga mos ravishda ularning miqdorini o'zgartirish imkoniyati yaratiladi. Bunday yondashuv energiya samaradorligini oshirish, yonish jarayonini takomillashtirish va chiqindi gazlar tarkibini kamaytirishga qaratilgan istiqbolli texnologik yo'nalish sifatida qaraladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Zakirjon Ergashevich Musabekov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: