Giperglikemiya sharoitida eritrosit membranasida erkin radikal jarayonlari faollashib, lipid peroksidatsiyasi kuchayadi. Bu holat membrana strukturasining buzilishiga hamda eritrositlarning deformabelligi, ya'ni egiluvchanlik xususiyatining pasayishiga olib keladi. Natijada eritrositlarning osmotik va mexanik barqarorligi kamayib, ularning gemolizga moyilligi ortadi.Shuningdek, giperglikemiya bilan bog'liq oksidlovchi stress eritrosit membranasidagi lipid va oqsil komponentlarining oksidlanishiga sabab bo'ladi. Bu esa membrananing funksional xususiyatlari buzilishiga hamda hujayra faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sevara Baxtiyor qizi Qayumova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: