Ushbu maqolada Markaziy bankning asosiy stavkasi o'zgarishining tijorat banklari depozit va kredit foiz stavkalariga transmissiyasi (uzatilish darajasi va tezligi) IMRAD standarti hamda ekonometrik va statistik usullar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2018–2024-yillar oralig'idagi oylik dinamik ko'rsatkichlar bazasidan foydalanilib, foiz kanali orqali monetar signalning tijorat banklari amaliyotiga yetib borish mexanizmi va uning kechikish (lag) effekti o'rganilgan. Tahlil natijalari Markaziy bank asosiy stavkasi va tijorat banklarining milliy valyutadagi depozit hamda kredit foiz stavkalari o'rtasida uzoq muddatli barqaror korrelyatsiya mavjudligini, biroq signalning yetib borishida 1 oydan 3 oygacha vaqt kechikishi kuzatilishini ko'rsatdi. Shuningdek, tijorat banklarining foiz siyosatida asimmetrik reaksiya aniqlandi: stavka oshirilganda kredit foizlari tezroq moslashadi, stavka tushirilganda esa pasayish darajasi sekinroq kechadi. Tadqiqot yakunida monetar transmissiya mexanizmi samaradorligini oshirish va banklararo raqobatni rivojlantirish bo'yicha amaliy takliflar berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Norbek o'g'li Xolmatov Abduvali (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: