Ushbu maqolada Cyprinus carpio (karp baliqlari) da uchraydigan stress holatlarining asosiy etiologik omillari va ularning oldini olish chora-tadbirlari yoritilgan. Tadqiqotda fizik-kimyoviy (suv harorati, kislorod miqdori, pH, ammiak va nitritlar), biologik (parazitlar, bakteriyalar, viruslar) hamda texnologik (transport, zich joylashtirish, oziqlantirishdagi xatolar) omillarning baliq organizmiga ta'siri tahlil qilingan. Stress natijasida ishtaha pasayishi, o'sish sekinlashuvi, immunitetning susayishi va kasalliklarga moyillik ortishi kuzatilishi qayd etilgan. Shuningdek, optimal suv sifatini saqlash, zichlikni me'yorlash, to'g'ri oziqlantirish, profilaktik va veterinariya nazorat choralarini qo'llash stressni kamaytirishning muhim omillari sifatida asoslab berilgan. Mazkur ma'lumotlar akvakultura xo'jaliklarida karp baliqlarining sog'lom o'sishini ta'minlash va mahsuldorlikni oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Raxmatova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: