Mazkur maqolada Farg'ona vodiysining tarixiy rivojida savdo yo'llarining o'rni va ularning shaharsozlik jarayonlariga ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida arxeologik topilmalar, yozma manbalar va tarixiy dalillar asosida Farg'ona vodiysining qadimiy madaniy markaz sifatida shakllanishi yoritilgan. Buyuk Ipak yo'lining vodiy orqali o'tgan tarmoqlari iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga, shaharlarning paydo bo'lishi va ularning ijtimoiy infratuzilmasining kengayishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, irrigatsiya tizimlari va mudofaa inshootlari shaharsozlikning jadallashuvi hamda urbanizatsiya jarayonining shakllanishida muhim omil sifatida ko'rib chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nabiyev Sherzod Farhodjon o`g`li (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: