Ushbu ilmiy maqolada turli yosh guruhlaridagi bemorlarda soch to'kilishi (alopetsiya) muammosining zamonaviy trixologik diagnostika usullari hamda ularga asoslangan samarali davolash protokollari tahlil qilingan. Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti klinikalariga murojaat qilgan 64 nafar bemorlarda raqamli trixoskopiya, fototrixogramma hamda laborator-biokimyoiy va gormonal ko'rsatkichlar kompleks o'rganildi. Alopecianing etiologik shakllariga ko'ra (androgenetik, gnezodli va telogen) differensial tashxislash doirasida kompleks terapiya (minoksidil, PRP-terapiya, mikronidling va metabolik korrektasiya) samaradorligi baholandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Imomaliyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: