Mazkur maqolada o'zbek milliy musiqa ijrochiligida muhim badiiy-ifodaviy vosita sifatida namoyon bo'ladigan ijrochilik bezaklarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Ijrochilik bezaklarining milliy musiqa tafakkuri, ijro uslubi va musiqiy obrazni shakllantirishdagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, nola, qochirim, kashish, molish, sayqal kabi ijrochilik hodisalarining musiqiy mazmunni ifodalashdagi vazifalari ko'rib chiqiladi. Maqolada milliy ijrochilik bezaklarini an'anaviy nota yozuvi vositalari orqali qayd etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinib, ijro jarayonining nozik jihatlarini nota matnida aniq va tushunarli ifodalash masalasi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari o'zbek milliy musiqa ijrochiligidagi bezaklarni tizimlashtirish va ularni takomillashtirilgan notalashtirish usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yuldashev Jahongir (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: