Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romani ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Asarda shoʻro davrining eng ogʻriqli sahifalari – 1930-yillardagi qatagʻon siyosati, Afgʻon urushi fojeasi hamda 1980-yillardagi "Oʻzbek ishi" (paxta ishi) voqealari badiiy toʻqimalardan xoli, hayotiy haqiqat asosida yoritilgan. Roman qahramonlari – Rustam, Shahnoza, Komil chol, Soat Gʻaniyev (Komissar) obrazlari orqali inson ruhiyatidagi jarohatlar, vijdon, xiyonat, sadoqat va adolat izlash kabi universal muammolar ochib beriladi. Asarning psixologik chuqurligi, retrospektiv syujet tuzilishi va til soddaligi uni oʻzbek adabiyotidagi eng muhim ijtimoiy-psixologik romanlardan biri sifatida belgilaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dilyora Abdunazarova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: